Buxoroda yana 7 nafar bemor sogʻaydi

14:29 03 May 2020 Jamiyat
866 0

Bugun Buxoro viloyatida koronavirusga chalingan navbatdagi 7 nafar bemor toʻliq sogʻaydi. Ular viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Shifo topganlarning barchasi Rossiyadan charter reys bilan Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Hududlar kesimida oladigan boʻlsak, 2 nafar bemor Fargʻonadan, 1 nafardan – Jizzax, Buxoro, Qashqadaryo va Andijon viloyatlari va Toshkent shahridan. Ularning barchasi erkak boʻlib, eng yoshi kattasi 41 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 16 yosh.

Buxoro viloyati boʻyicha shu paytga qadar 325 nafar bemor sogʻaygan boʻlsa, endilikda ular 332 nafarga yetdi.

Shu soatgacha mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan sogʻayganlar soni 1278 nafarni tashkil etmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер