Buxoroda tibbiyot muassasasiga ishga kiritishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi
Buxoro viloyatida tibbiyot muassasasiga ishga joylashtirib qoʻyishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Departamentning Buxoro shahri boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda Tez tibbiy yordam markazi Buxoro viloyati filialida boʻlim mudiri vazifasida ishlovchi N.B. (hozirda sobiq) fuqaro M.Sh.ni Buxoro shahridagi tibbiyot muassasalaridan biriga ishga joylashtirib qoʻyishi evaziga 1,6 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring