Buxoroda soxta Milliy gvardiya xodimi qoʻlga olindi
Vobkent tumani, “Gʻaribshoh” mahallasida yashovchi 2000-yilda tugʻilgan M.S. ismli shaxs, oʻzini buxorolik B.M.ga “Milliy gvardiya xodimi” sifatida tanishtirib, unga sodir etgan huquqbuzarligi yuzasidan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik evaziga 200 ming soʻm berishni talab qilib, ushbu pullarni Buxoro shahar A.Somiy koʻchasida joylashgan «Rahmatillo» savdo doʻkoni oldida olayotgan vaqtida Buxoro shahar IIO FMB va Milliy gvardiya Buxoro viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan jinoyat ustida qoʻlga olingan. Bu haqda viloyat viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan M.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring