Buxoroda bayram shodiyonasi

17:25 30 Avgust 2024 Jamiyat
274 0

Istam IBROHIMOV/“Xalq soʻzi”. Tinch va osoyishta, bunyodkorlik ogʻushidagi yurtga bayramlar yarashadi. Mustaqilligimizning qutlugʻ 33 yilligini Buxoro aholisi ham koʻtarinki ruhda qarshi olmoqda. Zero, viloyatda sanoat, qurilish, qishloq xoʻjaligi, shuningdek, ijtimoiy sohalarda ham qator ijobiy natijalar qoʻlga kiritilmoqda.

— Maʼlumotlarga qaraganda, viloyatimizda joriy yilning dastlabki yarmida yalpi hududiy mahsulot 106,3 foizni tashkil etdi. 16,7 trillion soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi, — deydi dongdor fermer, Oʻzbekiston Qahramoni Muhammad Ahmedov. — Istiqlol bayramini biz dehqonlar yorugʻ yuz bilan qarshi olyapmiz. Davlatga don sotish shartnomaviy rejasi oshirib bajarildi. Paxtachilikda ham yaxshi natijalarga erishish saʼy-harakatidamiz. Yutuqlarimizga davlatimiz rahbari tomonidan “Uychi”, “Sayxunobod”, “Gʻijduvon” tumanlari tajribasi asosida ishlash tizimi belgilab berilgani asos vazifasini oʻtamoqda.

Suhbatdoshimiz bu fikrlarni viloyat markazidagi “Koʻhna va boqiy Buxoro” markazida joylashgan amfiteatrda bildirdi. Bu soʻlim goʻshada Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 33 yilligiga bagʻishlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Marosim avvalida viloyat hokimi istiqlolning xalqimiz hayotidagi ahamiyati, barcha jabhada erishilayotgan natijalar, “Inson qadri” uchun tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar haqida toʻxtaldi. Toʻplanganlarni, ular timsolida viloyat aholisi va mehmonlarni ayyom munosabati bilan qutladi.

Ona Vatan, tinchlik, mustaqillikni ulugʻlovchi kuy-qoʻshiqlar jamlangan badiiy-musiqiy kompozitsiya barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер