Buxoroda avtobus yonib ketdi
Bugun soat 09:18 larda, Buxoro tumani «Shergiron» MFY hududida joylashgan avtobekatda turgan «Amir Trans» MCHJga tegishli “ISUZU” rusumidagi avtobusda yongʻin sodir boʻlgan.
Oraliq masofa 1,5 km.ni tashkil etib, yongʻin oʻchirish ekipajlari soat 09:19 da yongʻin sodir boʻlgan hududga yetib borgan va soat 09:21 da yongʻin qurshab olingan hamda 09:33 da yongʻin toʻliq bartaraf etilgan. Bu haqda FVV xabar berdi.
Qayd etilishicha, avtobusning motor qismida yuzaga kelgan elektr oʻtkazgich tizimidagi qisqa tutashuv yongʻinning kelib chiqishiga sabab sifatida taxmin qilinmoqda.
Yongʻin natijasida jarohatlanganlar va vafot etganlar mavjud emas.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring