Buxoroda 2 qavatli savdo doʻkonlarida yongʻin yuzaga keldi
2023-yilning 1-avgust kuni soat 02:05 da Buxoro viloyati FVB navbatchi dispetcherlik xizmatiga Buxoro shahar Ibn Sino koʻchasidagi 2 qavatli savdo doʻkonlarida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga 11 ta yongʻin-qutqaruv ekipajlari hamda 7 ta hamkorlikdagi xizmatlarning texnikalari jalb etildi.
Yongʻin soat 03:11 da batamom oʻchirilgan.
Yongʻin oqibatida jami 23 ta savdo doʻkoni ichida boʻlgan tovar moddiy boyliklari va doʻkon jihozlari yonib, zarar koʻrgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring