Buxoroda 1,2 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
Buxoro shahridagi koʻp qavatli turar joy binosida 1,2 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, holat “Oʻzenergoinspeksiya” Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida aniqlangan. Unga koʻra, Buxoro shahrida fuqaro M.A.ga qarashli boʻlgan koʻp qavatli turar joy binosidagi lift qurilmalari tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra elektr taʼminoti korxonasiga 1 mlrd 277 mln soʻmlik zarar yetkazgani maʼlum boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring