Buxoro viloyatida yangi sement zavodi barpo etilmoqda

22:08 20 May 2021 Iqtisodiyot
1886 0

Buxoro viloyati hokimligi va «Oʻzsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi hamkorligida Qorovulbozor tumanida “BUKHARA EURO CEMENT” MCHJ tomonidan yillik quvvati 750 ming tonna boʻlgan sement ishlab chiqaruvchi korxona barpo etilmoqda. Bu haqda Uyushma matbuot xizmati xabar berdi.

Loyiha qiymati 242 mlrd soʻm boʻlgan yangi sement zavodi Xitoy davlatidan keltirilgan energiya tejamkor texnologiyalar bilan jihozlanmoqda. Korxona foydalanishga topshirilgach yuqori markali sement ishlab chiqariladi. Eng muhimi 200 dan ortiq yangi ish oʻrinlari tashkil etiladi. Hozirda xorijiy mutaxassislar jalb qilingan holda uskunalarni oʻrnatish ishlari amalga oshirilmoqda. Yangi korxona hududda xom ashyo manbaiga yaʼni oʻz koniga ega. Mutaxassislar bergan maʼlumotlarga koʻra, korxona joriy yilning sentyabr oyida foydalanishga topshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер