Buxoro viloyatida tadbirkorning 4 825 litr yoqilgʻisini oʻzlashtirgan sobiq bosh operator aniqlandi

20:58 23 Iyun 2023 Jamiyat
696 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kogon tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “P.B.” MCHJ sobiq bosh operatori A.X. oʻzining moddiy javobgarligidagi 210 mln soʻmlik 4 825 litr yoqilgʻi mahsulotini fuqaro M.ga 1 800 AQSH dollariga sotib yuborib, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер