Buxoro shahrida joylashgan omborxonada yongʻin sodir boʻldi
Buxoro shahrida joylashgan omborxonada yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 13-aprel kuni soat 16:20 da Buxoro shahar “Chorbaxossa” MFYda joylashgan tadbirkorga qarashli omborxonada yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida 112 telefon raqamiga xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan 2 ta yongʻin qutqaruv ekipajlari hodisa joyiga jalb qilinib, soat 16:23 yetib borgan hamda soat 17:00 da alanga toʻliq bartaraf etilgan.
Yongʻin oqibatida omborxona sifatida foydalanib kelinayotgan konteyner ichidagi 63 kvadrat/metr maydonida xomashyo mollari yongan.
Bildirilishicha, hodisa oqibatida fuqarolarning tan jarohati olish holatlari qayd etilmagan.
Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring