Buxoro shahrida transport boshqarmasi xodimi pora bilan ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va IIBning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Buxoro viloyati Transport boshqarmasi boʻlim boshligʻi Sh.Q. 9 ta avtotransport vositalariga yoʻlovchi tashish uchun litsenziya olib berish evaziga tadbirkor O.dan 350 AQSH dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring