Buxoro Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmasiga boshliq tayinlandi

13:32 23 Fevral 2026 Jamiyat
330 0

Foto: Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi

Abdullayev Jasurbek Ubaydullayevich Buxoro viloyati Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, mazkur tayinlov Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisining tegishli buyrugʻiga koʻra amalga oshirilgan.

Jasurbek Abdullayev 1981-yil 7-oktyabrda Buxoro viloyati Olot tumanida tugʻilgan. 2002-yilda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetining bakalavr bosqichini, 2004-yilda esa magistratura bosqichini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Xavfsiz daryo” davlat unitar korxonasi va boshqa tashkilotlarda turli lavozimlarda ishlagan. Tayinlovga qadar Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasida faoliyat yuritgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер