Buxoro Ekologiya boshqarmasi jarimaga tortilgan fuqarolar yuzasidan “Xalq soʻzi”ga izoh berdi
Joriy yilning 28-may kuni Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan nazorat reyd tadbirlarida Buxoro shahri va Shofirkon, Olot, Peshku tumanlarida 4 nafar fuqaro tomonidan oʻsimlik qoldiqlari yoqilayotganligi aniqlab, ularga jami BHMning 14 baravari (4 million 760 ming soʻm) miqdoridagi jarima qoʻllanildi.
Buxoro ekologiya boshqarmasi matbuot kotibi “Xalq soʻzi” muxbiriga dastlab oʻz maʼlumotida “har bir fuqaroga” jumlasi xato ketganligini maʼlum qilib, jami jarima miqdorining 4 million 760 ming soʻm ekanligini maʼlum qildi.
Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan MJTkning 88-moddasi 3-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. “Unutmang! Atrof-muhitni muhofaza qilishga barchamiz birdek masʼulmiz!” deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring