Bugungi kunda dori ishlab chiqaruvchi Rompharm kompaniyasi 120 mln. ampula ishlab chiqarishni reja qilgan

17:44 22 Dekabr 2023 Jamiyat
334 0

Olmazor tumanidagi “Rompharm ns” MCHJ qoʻshma korxonasida tayyor dori vositalarini ishlab chiqarish faoliyati bilan tanishish yuzasidan press-tur tashkil etildi. Unda ishtirok etgan ommaviy axborot vositalari vakillariga korxona, uning ishlab chiqarish quvvati, sifat nazorati va boshqalar haqida maʼlumot berildi.

Xususan, Rompharm kompaniyasi (Ruminiya) va “Navbahor“ xolding (Oʼzbekiston) hamkorligida 2021-yilda tashkil etilgan ushbu korxona bugungi kunda 120 mln. ampula ishlab chiqarishni reja qilgan. Dori vositalarini ishlab chiqarish, oʻrganish va realizatsiya qilishda ilgʻor rivojlanayotgan “Rompharm ns” zamonaviy ishlab chiqarish, koʻp bosqichli sifat nazorati, yuqori malakali xodimlarga ega ekanligi bilan ahamiyatli.

Ishlab chiqarishning asosiy yoʻnalishi yurak-qon tomir hamda nerv tizimiga taʼsir qiluvchi dorilar, shuningdek, umumiy ogʻriqsizlantiruvchi, oshqozon-ichak trakti va vitamin-menaral kompleksini davolashga moʻljallangan preparatlardan iborat.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер