Bugungacha BAAdan 1 ming 280 nafar vatandoshimiz charter reyslar orqali olib kelindi

19:20 26 May 2020 Jamiyat
899 0

Bugungi kunga qadar 1 ming 280 nafar yurtdoshimiz BAAdan charter reyslar orqali Vatanga olib kelindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Mamlakatimizning Dubaydagi Bosh konsulxonasi vakillari charter reyslarga fuqarolar roʻyxatini tuzishda jiddiy kasal va homilador ayollarga, 55 yoshdan oshganlarga, bolali oilalarga, talabalarga, mart oyiga aviachiptalarni olgan fuqarolarga alohida eʼtibor qaratdi.

Joriy yil 26-martdan buyon 2 ming 700 dan oshiq vatandoshimiz Oʻzbekistonga qaytishda yordam soʻrab, Bosh konsulxonaga murojaat qilgan. Murojaatlar ayni daqiqalarda ham davom etmoqda.

15-martdan beri 400 dan ortiq yurtdoshimiz diplomatlar koʻmagida Dubay mehmonxonalari va yotoqxonalarida joylashtirildi. Ular kuniga ikki-uch mahal issiq ovqat bilan taʼminlanmoqda.

Bundan tashqari 1000 nafarga yaqin vatandoshimizga oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar yetkazib berildi.

Oʻz navbatida Bosh konsulxona BAAda ishlayotgan oʻzbekistonlik shifokorlar va tibbiyot xodimlariga bepul maslahat hamda dori-darmonlarni yetkazib berishda koʻrsatgan yordam uchun minnatdorlik bildiradi.

Maʼlumot uchun, 26-may holatiga koʻra BAAda 30 307 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilgan. 15 657 bemor toʻliq sogʻaygan, 248 kishi esa vafot etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер