24-apreldan Toyloq tumaniga kirish va chiqish cheklandi
Samarqand viloyatida koronavirus infeksiyasini yuqtirgan ilk bemor Toyloq tumanida aniqlangan edi. Oʻtgan vaqtda hududda epidemiologik vaziyatning barqarorligini saqlashga qaratilgan chora-tadbirlar yana-da kuchaytirilib, kasallik tarqalishining oldi olinmoqda.
Toyloq tuman hokimligining xabariga koʻra, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishga qaratilgan karantin tadbirlarini samarali tashkil etish maqsadida 2020-yil 24-aprel kuni soat 06:00 dan boshlab Toyloq tumaniga kirish va chiqish cheklanadi.
Abdulaziz Yoʻldoshev,
(Xalq soʻzi)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring