Bugundan “Quyoshli xonadon” dasturi ishga tushаdi
Bugun, 2023-yil 1-apreldan boshlab respublika hududlarida aholi xonadonlariga kichik quvvatli (umumiy quvvati 50 kVt gacha) quyosh panellarini oʻrnatishni ragʻbatlantirish boʻyicha “Quyoshli xonadon” dasturi ishga tushdi.
Dasturga asosan, jismoniy shaxslar tomonidan quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan va oʻz isteʼmolidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt/soatiga 1000 soʻmdan subsidiya ajratiladi.
Aholi tomonidan sotilgan elektr energiyasi uchun mablagʻlar har oy “Soliq” mobil ilovasi orqali fuqarolarning bank plastik kartalariga oʻtkazib beriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring