Bugundan Qozogʻistonda koronavirus va pnevmoniya statistikasi birlashtirildi

14:07 02 Avgust 2020 Dunyo
1644 0

Qozogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi koronavirus boʻyicha yangilangan statistik maʼlumotlarni taqdim etdi.

2020-yil 1-avgust kuni laboratoriyada aniqlangan COVID-19 infeksiyasi va PZR-test natijalarida koronavirus aniqlanmagan, ammo klinik va epidemiologik belgilari u bilan birdek boʻlgan pnevmoniya statistikasi birlashtirildi.

Yangi statistika boʻyicha maʼlumotlar bugundan eʼtiboran xabar qilib boriladi. 

“2020-yil 1-avgust kuni 1 626 odamda COVID-19 infeksiyasi aniqlandi va kun davomida 36 kishi vafot etdi. Shuningdek, 5 181 kishiga laboratoriya tomonidan aniqlangan pnevmoniya tashxisi qoʻyildi, ularda koronavirus infeksiyasining klinik va epidemiologik belgilari bor. Soʻnggi kun davomida shunday tashxis qoʻyilgan 30 bemor vafot etdi”, - deyiladi vazirlik xabarida.

Maʼlumot oʻrnida, ayni damda Qozogʻistonda ushbu kasallikdan sogʻayganlar jami soni 61 839 nafarni tashkil qiladi. 793 kishi virus qurboniga aylangan.

91593 kishi koronavirusni yuqtirib olgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер