Bugundan Oʻzbekiston prezidentligi uchun saylov kampaniyasi boshlandi

11:59 10 May 2023 Siyosat
1371 0

Markaziy saylov komissiyasining majlisida bugundan saylov kampaniyasini boshlash haqida eʼlon qilindi.

Saylov okruglarini tuzish 15-maygacha, saylov uchastkalarini tuzish 25-maygacha belgilanmoqda. Bundan tashqari, saylovchilarning yagona elektron roʻyxati tuziladi.

Siyosiy partiyalar oʻz vakolatli vakillarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun saylov kampaniyasi eʼlon qilinganidan keyin 3 kun muddat ichida Markaziy saylov komissiyasiga murojaat qilishi kerak boʻladi. Saylovda ishtirok etish uchun partiyalar 15-maygacha hujjatlarni taqdim etishlari zarur. 17-may – 1-iyun oraligʻida prezidentlikka nomzodlar koʻrsatiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер