Bugundan boshlab Rossiyaning toʻrt shahriga har hafta temir yoʻl reyslari tashkil etiladi

20:47 28 Avgust 2020 Jamiyat
1092 0

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiya Federatsiyasining turli hududlaridan oʻz Vataniga olib kelish boʻyicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda, temir yoʻl va charter reyslari amalga oshirilmoqda.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston transport vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan va Respublika maxsus komissiyasiga kiritilgan rejaga muvofiq, 2020-yilning 28-avgustidan boshlab “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning reyslari Yekaterinburg, Rostov-Don, Novosibirsk va Samara shaharlariga har hafta mobaynida tashkil etiladi. Bu haqda TIV Operativ shtabi axborot berdi.

Hozirda vatandoshlarimizning aynan bir hudud, jumladan, temir yoʻl stansiyalarida toʻplanishni davom ettirayotgani ularni bosqichma-bosqich olib kelish jarayoniga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda

"Shuni qayd etamizki, koronavirus pandemiyasi sharoitida fuqarolarning ommaviy toʻplanishi virusni yuqtirish xavfini oshiradi. Ayniqsa, sogʻligʻi xavf ostidagi toifalar (qariyalar, homilador ayollar, bemorlar, surunkali kasallikka chalinganlar) uchun bu holat yana-da xatarlidir.

Rossiya hududida boʻlgan vatandoshlarimizdan poyezd stansiyalarida toʻplanmasliklarini, hozirda boʻlib turgan joylarida qolishlarini va barcha karantin talablariga qatʼiy rioya qilishlarini yana bir bor soʻraymiz" deyiladi axborotda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер