Bugun Yangihayot tumanining ayrim hududlarida tabiiy gaz vaqtincha toʻxtatiladi

06:39 25 Yanvar 2022 Jamiyat
593 0

Toshkent shahar Yangihayot tumani “Chorbogʻ”, “Yoʻldosh”, “Yorqinhayot”, “Iqbol” va “Charogʻon” mahalla fuqarolar yigʻinlari hududidagi oʻrta bosimli D-89 mm. yer osti gaz quvuridagi gaz sizib chiqish holatini bartaraf qilish ishlari “Yangihayottumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan. 

Shu sababli bugun 2022-yil 25-yanvar kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha ushbu mahallalardagi 2455 ta xonadonda hamda 28 ta ulgurji isteʼmolchilarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng tabiiy gaz qayta tiklanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер