Bugun respublikamiz boʻylab 1 765 ta masjidda Qurʼon xatnomalari oʻtkaziladi
Bugun, 16-mart kuni respublikamiz boʻylab Qurʼoni karim xatmona marosimlari boʻlib oʻtadi. Bu haqda Musulmonlar idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Qadr kechasi oqshomida 27 kun davomida 1 765 ta masjidda xushovoz qorilar tomonidan oʻqilgan Qurʼoni karimning xatmonalari boʻlib oʻtadi.
“Qurʼon xatm qilinganidan soʻng qilingan duo rad etilmaydi. Chunki Qurʼon Allohning kalomi boʻlib, uni toʻliq oʻqib tugatish ulugʻ ibodat. Bugun dunyoyu oxirat saodatiga erishish uchun iltijo qilish fursatidir. Masjidlardagi xatmonaga marhabo, azizlar!”, — deyiladi idora xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring