Bugun Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati hududida qor yogʻishi mumkin. Boshqa viloyatlarda-chi?
Foto: Gazeta.uz
28-yanvar kuni Oʻzbekiston boʻylab havo biroz bulutli boʻladi va aksariyat hududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim hududlarida hamda kechasi Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarining baʼzi joylarida biroz qor yogʻishi mumkin.
Mamlakat boʻyicha, shamol yoʻnalishi sharqdan gʻarbga oʻzgarib, 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kun davomida 3-8 daraja iliq, shimoliy hududlarda esa 0-5 daraja sovuq boʻlishi kutilmoqda.
Poytaxtimiz Toshkentda havo biroz bulutli boʻlishi va yogʻingarchilik kuzatilmasligi aytilyapti. Shamol sharqdan gʻarbga oʻzgarib, 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kun davomida 4-6 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻlib, ayrim joylarda qor yogʻishi va tuman tushishi ehtimoli mavjud. Shamol sharqdan gʻarbga oʻzgarib, 7-12 m/s tezlikda esadi. Togʻli hududlarda harorat 2-7 daraja iliq boʻlishi kutilmoqda.
Ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda, ayniqsa togʻli hududlarda ehtiyot choralarini koʻrish va transport vositalarini boshqarishda ehtiyotkorlikni saqlash tavsiya etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring