Bugun “Ozod qushlar” almanax film namoyishi boʻlib oʻtadi
Bugun soat 18:00 da Yoshlar ijod saroyida tashkil etilgan Media-xollda “Ozod qushlar” almanax film namoyishlari boʻlib oʻtadi.
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan “Debyut-2020” tanlovi asosida suratga olingan mazkur filmlar turli mavzu va janrlarda boʻlib, “Uy”, “Qovun pishganda”, “Ertaga bahor”, “Anvar”, “Kichkina katta odam”, “Tandir”, “Bahs” va boshqa qisqa metrajli filmlardan iborat.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring