Bugun ob-havo qanday boʻladi?

00:38 15 Aprel 2020 Jamiyat
1398 0

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 15-aprel kuni Oʻzbekistonda kuzatiladigan ob-havo haqida maʼlumot berdi.

Toshkent shahri. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6-8, kunduzi 15-17 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.

Samarqand viloyati. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 7-12, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 7-12, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlari. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻ hududlarida (1800 m dan yuqorida) qor koʻchishi xavfi bor. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер