Bugun koronavirus aniqlanganlar haqida maʼlumot berildi

23:42 13 Sentyabr 2020 Jamiyat
956 0

Shu yilning 13-sentyabr kuni mamlakatimizda 573 holatda kasallik qayd etildi.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar hamda Samarqand viloyatida 1 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Eʼtiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent, Samarqand, Namangan, Qashqadaryo, Andijon va Fargʻona viloyatlarida jami 491 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 47 423 nafar bemordan 44 002 nafari sogʻayib, davolanish koʻrsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 029 nafar bemordan 483 nafari ogʻir, 246 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер