Bugun “Ibrat” filmining rasmiy premyerasi boʻlib oʻtadi
4-oktyabr kuni poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda «Oʻzbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan «Kinomaniya» studiyasi tomonidan suratga olingan “Ibrat” tarixiy-badiiy filmining premyerasi boʻlib oʻtadi.
Eslatib oʻtamiz, 1-oktyabr kuni Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumanida va Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda oʻqituvchi va murabbiylar uchun mazkur filmning namoyishi hamda 3-oktyabr kuni Media klubda mutaxassislar, kinoijodkorlar, jurnalistlar va blogerlar uchun yopiq namoyishi bilan birgalikda filmning qiziqarli muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring