Bugun barcha ishchilar 1 soat oldin ketishi kerak!
Illyustrativ foto
Mehnat kodeksi 121-moddasiga binoan, bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.
Ertaga 9 may - Xotira va qadrlash kuni, yaʼni ishlanmaydigan bayram kuni. Demak, bugun barcha xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga qonuniy haqqi bor.
Bu degani, kechki soat 18:00 gacha ishlaydiganlar bemalol 17:00 da ishini yakunlashi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring