Bugun ayrim joylarda qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin

18:56 20 Dekabr 2024 Jamiyat
481 0

“Oʻzgidromet” 21-dekabr kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.

Unga koʻra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Yoʻllarda yaxmalak kuzatiladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер