Bu sinovli kunlarda hamjihatlik muhim
Prezidentimiz xalqimizning tarixiy va maʼnaviy qadriyatlarini, mehr-saxovat, oqibat va himmat kabi yuksak fazilatlarini inobatga olgan holda “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakatini yoʻlga qoʻyish tashabbusini ilgari surdi.
Imkoniyatidan kelib chiqib, qaysidir tadbirkor bir oyda misol uchun 10 ta, boshqa biri esa 20 ta oilaga koʻmaklashishi, eng muhimi, muhtoj oilalar aʼzolarini ishga jalb qilishi mumkin. Davlat tomonidan oʻz navbatida bunday tadbirkorlarga turli imtiyoz va preferensiyalar beriladi.
Aytish joizki, bugungi sinovli kunlarda nafaqat tadbirkorlar, balkiy imkoniyati bor yurtdoshimiz “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati boʻyicha tashabbusni bildirmoqda. Oʻzi yashab turgan hududidagi ehtiyojmand oilalardan xabar olib, yaqindan koʻmaklashmoqda.
Oʻz navbatida men ham Andijon tumani “Orol” MFYda yashovchi ikkita ijtimoiy himoyaga muhtoj oilani 3 oy davomida moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlashni joiz, deb bildim.
Zotan, bu sinovli kunlarda bir-birimizni qoʻllab, birlashsak, albatta, yaxshi kunlarga yetamiz.
Matlubaxon GʻANIYEVA, Oliy Majlis Senati aʼzosi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring