“Bu sakkizinchi toʻlqin” — Yevropada “COVID-19”ning yangi toʻlqini va niqob taqishga qaytish eʼlon qilindi

00:53 05 Oktyabr 2022 Dunyo
1287 0

Foto: Reuters

Belgiya “COVID-19”ning yangi toʻlqinini tasdiqladi, Fransiya niqob taqishga qaytishni muhokama qilmoqda.

Belgiyada yangi “COVID-19” toʻlqinining boshlanishi oktyabr oyi oʻrtalarida tasdiqlangan. Oʻz navbatida, Fransiyada koronavirus infeksiyalari koʻpayganligi sababli ular himoya niqoblarini taqishga qaytishni muhokama qilmoqdalar. 

Belgiyada koronavirusdan oʻlimning oʻrtacha kunlik soni toʻrttaga yetdi va bu oʻtgan haftaga nisbatan 42 foizga koʻp. Maʼlum qilinishicha, ushbu davlatda pandemiya boshlanganidan beri “COVID-19”dan 32 690 kishi vafot etgan.

Fransiyaning Sanitariya xavfi monitoringi qoʻmitasi raisi, immunolog Brijit Otranning aytishicha, fransuzlar niqob taqishga qaytishlari kerak. Uning soʻzlariga koʻra, Belgiyadagi kabi Fransiyada ham kasalxonaga yotqizilganlar soni koʻpaygan.

“Ha, bu sakkizinchi toʻlqin”, deydi shifokor.

Avvalroq, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus yangi koronavirus pandemiyasi fonida tahdidlardan shikoyat qilgan edi

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер