Bu kunni oz emas, oʻttiz yil kutdim

16:15 08 Oktyabr 2021 Jamiyat
895 0

Foto: Shohista G'afforova / Xalq so'zi

Men 1967-yili Qirgʻiziston Respublikasida tugʻilganman. Toʻqsoninchi yillardan buyon qadrdon Oʻzbekistonda yashab, mehnat qilib kelmoqdaman.

Qariyb oʻttiz yil davomida oʻtgan saylovlarning birortasida saylash va saylanish huquqiga ega boʻlmadim. Har saylovda saylovchilar roʻyxatini shakllantirish maqsadida xonadonimizga kelgan uchastka saylov komissiyasi aʼzolari men va oila aʼzolarimdagi fuqaroligi boʻlmagan shaxs uchun berilgan yashash guvohnomasini koʻrib, “Sizda saylovlarda qatnashish huquqi yoʻq ekan”, deb qaytib ketishar edi. Turmush oʻrtogʻim va mening oʻsha paytdagi tushkunliklarimizni hozir soʻz bilan taʼriflab berolmayman.

Oʻqituvchiman. Har bir saylov jarayonida men ishlagan kollejda saylov uchastkasi tashkil qilinib, bevosita saylov jarayonlarining tashkiliy ishlarida qatnashar edim, ammo oʻzimda ovoz berish huquqi yoʻq edi. Saylovga ketayotganlarni koʻrib havas qilardim va ayni paytda koʻnglimdan umidsizlikka toʻla savollar oʻtardi... Mana, nihoyat yurtimizdagi koʻplab biz kabi insonlar qatorida joriy yilda menga va oila aʼzolarimga Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi berildi. Ishoning, bu bilan men va oilamning uzoq yillik orzulari ushaldi.

Saylov kunini intiqlik bilan kutyapman. Prezidentlik saylovida birinchilardan boʻlib ovoz beraman va bu kun oilamiz tarixining unutilmas sahifasiga, xonadonimiz bayramiga aylanadi.

Shohista GʻAFFOROVA,

Shirin shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер