“Bu xuddi urush boʻlib oʻtgan hududga oʻxshaydi”. Bayrut shahri kuchli portlashdan keyin — Fotogaleriya
4-avgust kuni kechqurun yuz bergan kuchli portlash tufayli Livan poytaxti Bayrut shahrida jiddiy vayronalar kuzatildi.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, fojia oqibatida 113 kishi hayotdan koʻz yumgan, 4000 ming ortiq odam tan jarohati olgan.

Koʻplab uylar toʻliq yoki qisman vayron. Shahardagi deyarli barcha binolarga portlash toʻlqinidan zarar yetgan.

Shaharda qutqaruv ishlari davom etmoqda. Chunki hali ham vayronalar ostida odamlar qolib ketgani taxmin qilinmoqda.

Armiya talonchilikning oldini olish uchun allaqachon eng koʻp zarar yetgan joylarni oʻz nazoratiga olgan.
Rasmiylar fojiani tekshirishni davom ettirmoqdalar va aybdorlarni qattiq jazolashga vaʼda bermoqdalar.

“LBCI” mahalliy telekanaliga koʻra, portdagi omborda saqlanib turgan yuk — 2700 tonna ammiakli selitrasi rossiyalik biznesmen Igor Grechushkinga tegishli boʻlgan.

Yuk “Rhosus” kemasidan musodara qilingan. Kema Batumidan Mozambikka yuk tashigan. Ammo texnik muammolar tufayli Livanda rejadan tashqari toʻxtagan. Tekshiruvdan soʻng unga dengizga qaytish taqiqlangan. Shundan soʻng Grechushkin bankrot boʻlib, ekipajni tashlab ketgan. Natijada Rossiya va Ukraina dengizchilari bir yil davomida Bayrutda yashashga majbur boʻlishgan.


Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring