Bu yilgi eng yosh abituriyent 13 yosh, eng kattasi esa 95 yoshda
2020-2021 oʻquv yilida oliy taʼlim muassasasining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida tahsil olish uchun hujjat topshirganlar ichida 13 hamda 95 yoshli abituriyentlar ham bor.
Bu haqda bugun, 22-iyul kuni Davlat test markazi tomonidan oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.
DTM direktori oʻrinbosari Sardor Rajabovning aytishicha, bu yil Oʻzbekiston boʻyicha 91 ta oliy taʼlim muassasacida oʻqish uchun 1 million 484 ming 85 abituriyent hujjat topshirgan (2019-yilda 1 million 66 ming 926). Bu koʻrsatkich oʻtgan yilga nisbatan 417 ming 159 nafarga yoki 39,1 foizga koʻp.
Rajabovning qoʻshimcha qilishicha, qabul komissiyasi tomonidan roʻyxatga olish jarayonlarida 13 yoshdan 95 yoshgacha boʻlgan abituriyentlar ham qayd etilgan. Jumladan, eng yosh abituriyent 13 yosh Toshkent shahridan (14 yoshga toʻlmagan) va eng yoshi katta abituriyent 95 yosh boʻlib, ushbu abituriyent Samarqand viloyatidan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring