Bu yil “Spark” avtomobili egasi kim boʻladi?
Maʼlumki, 2020-yildan boshlab oliy taʼlim muassasalarida shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini chuqur oʻrganish maqsadida talabalar oʻrtasida “Ilhom” mukofoti respublika tanlovi ikki bosqichda oʻtkazib kelinmoqda.
Dastlabki bosqichda nomzodlar oliy taʼlim muassasasi miqyosida milliy adabiyotimizning durdona asarlari, adib va mutafakkirlarning boy maʼnaviy merosi, shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodini qamrab oluvchi test savollari orqali saralanib, eng yuqori ball toʻplaganlar keyingi asosiy tanlov bosqichida ishtirok etishi uchun tavsiya etildi.
Shu kunlarda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazida tanlovning yakuniy bosqichi oʻtkazilmoqda.
Unda 115 nafar talabaning badiiy-ijodiy ishlari tegishli vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ekspertlar tomonidan oʻrganilmoqda.
Har bir tavsiya etilgan ishlar oʻzining ijtimoiy ahamiyati, mavzuning yoritilishi, talqinning oʻziga xosligi, asarning badiiyligi mezonlari boʻyicha xolislik va shaffoflik asosida baholanmoqda.
Gʻoliblar mukofot bilan har yili Adiblar xiyoboni ochilgan kun — 20-mayda “Katta adabiyot bayrami” haftaligi doirasida taqdirlanadi.
Maʼlumot oʻrnida, Tanlov gʻoliblari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining maxsus diplom va statuetkalaridan tashqari:
— 1-oʻrin uchun — “Spark” yengil avtomobili;
— 2-oʻrin uchun — 30 mln. soʻm;
— 3-oʻrin uchun — 15 mln. soʻm pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring