Bu yil kollej va litsey bitiruvchilari oʻqishga imtihonsiz qabul qilinadimi?
arxiv foto
Ijtimoiy tarmoqlarda 2020/2021 oʻquv yilida umumtaʼlim maktablari vaakademik litsey bitiruvchilari imtihonsiz oʻqishga qabul qilinishi toʻgʻrisida tarqaldi. Mazkur xabarlar yuzasidan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi munosabat bildirdi.

Taʼkidlanishicha, xabarlar haqiqatga zid. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan bunday xabar tarqatilmagan.
Vazirlik oʻqishga qabul qilish tartibiga hech qanday oʻzgartirish kiritilmaganligi maʼlum qiladi. Abituriyentlarni esa yozgi imtihon va sinovlarga puxta tayyorgarlik koʻrishga chaqiradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring