Bu yil Haj ziyorati boʻlmaydimi?

19:33 01 Aprel 2020 Jamiyat
1273 0

Saudiya Arabistoni haj va umra vaziri Muhammad Solih Bantan bu yil haj ziyoratini amalga oshirmoqchi boʻlganlarni bu borada shoshilmay turishga chaqirdi. Bu haqda “Yevronyus” xabar bermoqda.

“Ayni paytda koronavirus bilan bogʻliq vaziyatni kuzatyapmiz. Vaziyat yaxshilangan payt ziyoratga kelmoqchi boʻlganlarga xabar beramiz”, – dedi vazir davlat televideniyesidagi chiqishida.

Avvalroq, Saudiya Arabistoni hukumati bu yil haj bekor boʻlgani haqida tarqalgan xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini maʼlum qilgan edi.

Hukumat koronavirusga qarshi kurash doirasida Makka, Madina, Riyoz va yana bir qator hududlarga kirish hamda chiqishlarni taqiqladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер