Britaniyada 900-yillik “maxfiy” tunnel tasodifan topildi

20:36 10 Mart 2021 Dunyo
1208 0

Uellsda elektrotexnika ishlari paytida, taxminan 900-yil avval qurilgan oʻrta asrlarga oid “sirli” tunnel topildi. Bu haqda RIA nashri xabar bermoqda.

Bino 1131-yilda tashkil etilgan qadimiy abbatlik xarobalari yonida joylashgan. Tunnelni yer osti simi uchun xandaq qazayotgan ishchilar topgan.

Tunnelning balandligi taxminan 1,2 metrni tashkil etadi. Maʼlumotlarga koʻra, mazkur tunnel topografik xaritalarning birortasida ham mavjud emas, shuningdek, mahalliy aholi va rasmiylar ham bundan bexabar boʻlishgan.

Maʼlum qilinishicha, topilmani batafsil oʻrganish uchun yillar davomida arxeologik tadqiqotlar olib borilishi kerak.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер