Britaniya maxsus xizmatlar vakolatlarini kengaytirmoqchi
Britaniya bosh vaziri Boris Jonson chet el aralashuviga qarshi kurash uchun maxsus xizmatlarga koʻproq vakolatlar taqdim etishga tayyor, deb xabar qilmoqda Times nashri.
Hukumat mamlakatda “dushmanlar faoliyatiga” toʻsqinlik qiluvchi yangi qonunlarni ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Yangi qonunlarga muvofiq, AQSH va Avstraliyadagi yondashuvlar namunasi asosida rasmiy “chet el agentlari reyestri” tashkil etilishi mumkin, deya taʼkidlaydi nashr.
Oʻz faoliyati haqida xabar bermaydiganlar deportatsiya qilinishi yoki qamoqqa olinishi mumkin.
Chet el agentlarini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qonun (FARA) AQSHda 1938-yildan buyon amal qilib keladi. Ushbu qonun normalariga muvofiq, chet el agenti sifatida roʻyxatga olingan kompaniyalar yoki shaxslar oʻz faoliyati, shu jumladan, moliyaviy holati haqidagi maʼlumotlarni Amerika hukumatiga oshkor qilishi lozim.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring