Braziliyalik futbol yulduzi Rossiya klubiga oʻtishi mumkin
Rossiyaning SSKA klubi braziliyalik futbolchi Filipe Koutinyoni oʻz safiga qoʻshib olish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda “SE” nashri xabar berdi.
Manbaga koʻra, Moskva klubi oʻz vaqtida “Liverpul”, “Barselona” va “Bavariya” klublarida toʻp surgan Koutinyoni transfer qilish ustida ish olib bormoqda. Jamoa uni erkin agent sifatida tarkibiga qoʻshib olishni rejalashtirgan.
Maʼlumot uchun, Koutinyoning soʻnggi jamoasi Braziliyaning “Vasko da Gama” klubi boʻlgan. U oʻtgan mavsum mazkur jamoa safida 56 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Eslatib oʻtamiz, 2018-yilda “Barselona” Koutinyoni 135 million yevroga xarid qilib, futbol tarixidagi eng qimmat transferlardan birini amalga oshirgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring