Braziliyada kuchli yomgʻir yogʻishi oqibatida hayotdan koʻz yumganlar soni 136 nafarga yetdi. Yana 200 nafardan ortiq odamning taqdiri nomaʼlum

00:57 20 Fevral 2022 Dunyo
967 0

Foto: Reuters

Braziliyaning Petropolis shahrida yoqqan kuchli yomgʻir tufayli yuz bergan koʻchkilar oqibatida halokat boʻlganlarning jasadlarini vayronalar ostidan olib chiqish davom etmoqda. Ayni paytga kelib, kamida 136 kishi vafot etgani maʼlum boʻlgan. Ulardan 20 nafardan ortigʻini bolalar tashkil etadi.

Mahalliy maʼmurlar qurbonlar soni oshishi mumkinligini aytishmoqda. Chunki hozirda yana 200 nafardan ortiq odamning taqdiri nomaʼlum boʻlib qolmoqda. Kechayu kunduz davom etayotgan qidiruv ishlariga yuzlab mutaxassislar va koʻngillilar jalb etilgan

Soʻnggi oʻn yilliklardagi eng kuchli yogʻingarchilik oqibatida yuz bergan suv toshqinlari va koʻchkilar katta vayronagarchiliklarga olib keldi. Koʻplab turar-joy binolari butunlay vayron boʻlgan, ayrimlari zarar yetgan. Yuzlab odamlar boshpanasiz qolgan. Ular vaqtinchalik uy-joylarga joylashtirilmoqda.

Taʼkidlanishicha, bu yerda soʻnggi 90 yil davomida bunday kuchli yomgʻir yogʻmagan. Surunkali yogʻingarchilik tufayli 400 dan ortiq koʻchkilar yuz bergan. Ayni paytda Petropolisda favqulodda holat joriy etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер