Braziliyada koronavirusga qarshi vaksina sinovida qatnashayotgan koʻngilli vafot etdi
Braziliyada Oksford universiteti va “AstraZeneca” ingliz-shved farmatsevtika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksina sinovlari ishtirokchilaridan biri vafot etdi.
Bu haqda "Globo" nashri Braziliya milliy sanitariya nazorati agentligiga asoslanib xabar berdi.
Manbaga koʻra, u 28 yoshda boʻlgan va 15-oktyabr kuni vafot etgan. Oʻlimi sababi sifatida "Covid-19" tufayli yuzaga kelgan asoratlar koʻrsatilgan. Koʻngilli vaksina emas, balki platsebo qabul qilgani aytilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring