Braziliyada bir sutkada 67 860 kishida koronavirus aniqlandi
Braziliyada kunlik yangi koronavirusning yangi infeksiyasi bilan kasallanishlar soni 67 860 taga koʻpayib, 2 227 514 nafarga yetdi, deyiladi mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligining hisobotida.
Mamlakatda epidemiya boshlangandan beri bu kunlik kasallikka chalinganlar sonining eng yuqori oʻsishdir. Avvalgi rekord, kuniga 54,771 yangi holat boʻlib, 19-iyun kuni oʻrnatilgandi. San-Paulu shtatida rekord darajadagi 16,777 ta yangi infeksiya holati qayd etildi, shtat Braziliyada epidemiyaning markaziga aylandi, u yerda oxirgi bir haftada har kuni koronavirus uchun oʻrtacha 6,6 ming ijobiy test natijalari qayd etildi.
Sogʻliqni saqlash vazirligining xulosasiga koʻra, infeksiyani yuqtirish natijasida vafot etganlar soni 1228 nafarga oʻsib, 82 771 taga etdi, 1 532 138 bemor sogʻaydi,.
Mamlakatning har 100 ming aholisiga 1060 Covid-19 ga chalingan va 39 oʻlim holati toʻgʻri keladi.
Braziliya epidemiologik taqvimining oldingi haftasi (12-18-iyun) natijalariga koʻra, Sogʻliqni saqlash vazirligi birinchi marta epidemiya boshlanganidan beri yangi infeksiyalar sonining kamayishini qayd etdi. Shu bilan birga, soʻnggi sakkiz hafta davomida oʻlim koʻrsatkichi kuniga 1000 va undan yuqori raqamlarni tashkil etmoqda.
Koronavirus infeksiyasining birinchi holati 26-fevral kuni qayd etilgan Braziliya hozirda koronavirus yuqtirish va undan halok boʻlish boʻyicha AQSHdan keyingi ikkinchi mamlakat boʻlyapti.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring