Braziliya prezidenti Trampga internetda kamroq oʻtirishni maslahat berdi
Foto: Reuters
Shu yilning 24-26-iyun kunlari Gaagada NATOning navbatdagi sammiti boʻlib oʻtdi.
Unda AQSH prezidenti Donald Tramp ham ishtirok etdi. Oq uy uning NATO sammitiga tashrif videosini amerikalik qoʻshiqchi Asherning “Daddyʼs House” qoʻshigʻi bilan birlashtirdi. Videoda uning qizil yoʻlakdan kirib kelishi, Gollandiya qiroli bilan koʻrishishi, NATO davlatlari rahbarlari bilan suhbatlari tasvirlangan. Shundan keyin Braziliya prezidenti Lula da Silva Trampga maslahat berdi.
“AQSHdek katta mamlakat prezidenti sifatida siz internetda kamroq oʻtirishingiz va oʻz vazifalaringizni bajarish haqida koʻproq oʻylashingiz kerak”, — degan Silva.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring