Bozorlardagi narx-navo: Sabzi 1 000 soʻmdan 5 000 soʻmgacha

11:29 28 May 2020 Jamiyat
2734 0

Davlat statistika qoʻmitasi mamlakatimiz hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 2020-yil 26-may kuni kuzatuv oʻtkazib, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini keltirdi.

Mol goʻshti (suyaksiz goʻshtidan tashqari) 37 000 soʻmdan 65 000 soʻmgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga koʻra, 1 kg mol goʻshtining (suyaksiz goʻshtidan tashqari) minimal narxi, Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da qayd etilgan (37 000 soʻm). Mol goʻshtining maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” “Farhod dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (65 000 soʻm).

Qoʻy goʻshti 39 000 soʻmdan 75 000 soʻmgacha (kg)

Qoʻy goʻshtining minimal narxi kuzatuv natijasiga koʻra, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (39 000 soʻm) roʻyxatga olingan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (75 000 soʻm) kuzatildi.

Kartoshka 1 500 soʻmdan 7 000 soʻmgacha (kg)

Olib borilgan kuzatuv natijalariga koʻra, kartoshkaning minimal narxi Termiz shahrining “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”da qayd etilgan (1 500 soʻm). Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (7 000 soʻm) qayd etildi.

Piyoz 500 soʻmdan 3 000 soʻmgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga koʻra, piyoz mahsulotining minimal narxi Termiz shahrining “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”da (500 soʻm) roʻyxatga olindi. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da kuzatildi (3 000 soʻm).

Sabzi 1 000 soʻmdan 5 000 soʻmgacha (kg)

Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga koʻra, Jizzax shahrining “Eski shahar dehqon bozori”i, Termiz sh. “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori” va “Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori”, Fargʻona shahrining “Markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori” va “Farhod dehqon bozori”da (1 000 soʻm) qayd etilgan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (5 000 soʻm) kuzatildi.

Tuxum 6 000 soʻmdan 13 000 soʻmgacha (10 dona)

Tuxum mahsulotining kuzatuv natijasiga koʻra minimal narxi Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”da qayd etildi (6 000 soʻm). Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da qayd etilgan (13 000 soʻm).

Guruch 4 000 soʻmdan 18 000 soʻmgacha (kg)

Kuzatuv natijalariga koʻra, guruch mahsulotining minimal narxi Termiz shahrining “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori” (mahalliy yetishtiriladigan guruch) va Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”da roʻyxatga olingan (“Mustaqillik” navli mahalliy guruch 4 000 soʻm). Maksimal narx esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da kuzatildi (“Lazer” navli guruch 18 000 soʻm).

Oʻsimlik yogʻi 8 400 soʻmdan 14 500 soʻmgacha (litr)

Oʻsimlik yogʻi mahsulotlarining kuzatuv natijasiga koʻra, minimal narxi Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (mahalliy paxta yogʻi 8 400 soʻm) kuzatildi. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (kungaboqar yogʻi 14 500 soʻm) kuzatildi.

Shakar 5 500 soʻmdan 7 000 soʻmgacha (kg)

Shakar mahsulotining kuzatuv natijasiga koʻra, minimal narxi Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”, “Eski joʻva dehqon bozori” va “Qoʻyliq dehqon bozori”da (5 500 soʻm) qayd etildi. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (7 000 soʻm) kuzatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер