Bojxonachilar qiymati 1,8 mlrd. so‘mdan ortiq bo‘lgan tamaki va dori vositalarini fosh etishdi

17:05 15 Avgust 2023 Jamiyat
721 0

Foto: Bojxona qo'mitasi

Bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yirik miqdorda tamaki va dori vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh qilindi.

Avvaldan kuzatuvga olingan “Mersedes-Bens Vito” rusumli yuk avtomashinasi Sirdaryo viloyatidagi yashash xonadonlarining birida to‘xtaganda o‘rnatilgan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomashinada 39 301 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.

Shu bilan birga yashash xonadoni ham o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirilganda, 68 837 quti tamaki mahsulotlari hamda 657 quti “Irovir-F” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.

Tezkor tadbir davomida umumiy qiymati 1 mlrd. 876,1 mln. so‘mlik  108 138 quti tamaki mahsulotlari va 657 quti dori vositalari qonunbuzardan ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan  Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер