Bojxona rejimida qayta ishlash hisobidan 500 million dollardan eksportni taʼminlashi zarurligi taʼkidlandi

11:28 18 Yanvar 2024 Siyosat
339 0

Hozirda meva-sabzavot va oziq-ovqat eksporti chegarada 4 ta idora, yaʼni, bojxona, karantin, SES va veterinariya organlari tomonidan nazorat qilinmoqda. Vaholanki, talab etiladigan barcha sertifikat va ruxsatnomalar toʻliq raqamlashgan, nazoratchi xodimlar hujjatlar bor-yoʻqligini tekshiradi, xolos.

Shu bois, chegaradagi barcha nazorat funksiyalari Bojxona qoʻmitasiga oʻtkazilishi belgilandi.

Bundan tashqari, ikki yil oldin tovarlarni bojxona rejimida qayta ishlash boʻyicha yangi tartib joriy qilingan edi. Oʻtgan davrda 254 ta korxona ushbu tizimda ishlashni boshlagani natijasida 1,1 milliard dollarlik eksport boʻldi.

Shundan 83 foizi Andijon, Buxoro, Sirdaryo, Toshkent viloyati va Toshkent shahridagi tadbirkorlar hisobiga toʻgʻri keladi. Lekin, Qoraqalpogʻiston, Jizzax, Surxondaryo va Xorazmda bunday eksport 10 million dollarga ham yetmadi.

Ushbu hududlar rahbarlari bojxona rejimida qayta ishlash hisobidan 500 million dollardan eksportni taʼminlashi zarurligi taʼkidlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер