Bojxona nazoratidan yashirilgan naqd valyuta fosh etildi

22:27 30 Mart 2026 Jamiyat
349 0

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Oybek” chegara bojxona posti orqali piyoda tarzda chiqib ketayotgan fuqaroning qoʻl yuklari bojxona nazoratidan oʻtkazilganida yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilmagan, sumkasi ichida jami 410 000 Rossiya rubli va 4 870 yevro borligi aniqlandi.

Vazirlar Mahkamasining 66-sonli qaroriga, muvofiq fuqaroga 4 870 yevro va 190 000 Rossiya rubli qaytarib berildi, qolgan 220 000 Rossiya rubli esa huquqbuzarlik ashyosi sifatida vaqtincha saqlovga olindi.

“Navoiy” chegara bojxona postida ham shunga oʻxshash holat qayd etildi. Qoʻshni davlatga chiqib ketayotgan yoʻlovchi shaxsiy koʻrikdan oʻtkazildi. Fuqaro shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilganda, qorin qismida, shim ichiga yashirilgan holda ogʻzaki soʻrovda maʼlum qilinmagan va bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilmagan 630 000 Rossiya rubli naqd xorijiy valyutasi borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Otabek ISROILOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер