Bojxona nazorati: yashirilgan zargarlik buyumlari fosh etildi

12:13 24 Dekabr 2022 Jamiyat
539 0

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Farxod” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qiymati 100 mln. soʻmlik zargarlik buyumlari aniqlandi.

Bojxona nazoratidan oʻtayotgan yoʻlovchi xatti-harakati bojxonachilarni diqqatini tortdi va fuqaroni xolislar ishtirokida shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilishi qaror qilindi.

Natijada fuqaroning eginidagi usti kiyim choʻntagida yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilmagan va ogʻzaki soʻrovda maʼlum qilinmagan, umumiy qiymati salkam 58 mln. soʻmlik, umumiy ogʻirligi 134 gr. boʻlgan zargarlik buyumlarini aniqlandi.

Yana bir holatda esa, bojxona nazoratidan oʻtayotgan yoʻlovchi xolislar ishtirokida shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilganida eginidagi kurtkasi choʻntagida umumiy qiymati 42 mln. soʻmdan ziyod, ogʻirligi salkam 100 gr. boʻlgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan dastlabki urishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер