Bo‘ston va Ulug‘nor tumanlarida elektr ta’minotidagi uzilishlar ko‘paygan
Viloyatda 35 ta transformator katta yuklama bilan ishlayotgani, Bo‘ston va Ulug‘nor tumanlarida elektr ta’minotidagi uzilishlar ko‘paygani ko‘rsatib o‘tildi.
Shu bois Shahrixondagi podstansiyadan 23 kilometr elektr tarmog‘ini tortib, 2 ta yangi podstansiya qurish topshirildi.
Shuningdek, Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikda Asakada 150 megavatt, kelasi yili 100 megavatt elektr saqlash tizimini ishga tushirish rejalashtirilgan, Andijon tumanida jami quvvati 400 megavatt bo‘lgan quyosh stansiyalari qurilishi boshlanadi.
Ikki yilda 3 ta kichik va mikro GES qurilishini yakunlash, hindistonlik hamkorlar bilan “Shahrixonsoy” kanalida kinetik turbinali 2 ta mikro GESni ishga tushirish muhimligi ta’kidlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring